Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Ispaniya terma jamoasining 16 yoshli hujumchisi Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“16 yoshli Lamin hozir juda yuqori saviyada o‘ynamoqda. U ko‘rsatayotgan yetuk futbolni tomosha qilish shunchaki zavq. Albatta, u hali ko‘p narsalarni o‘rganishi kerak. Ammo uning yoshida u ko‘p narsani qila oladi", - dedi Gyundogan.