Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Argentinaga qarshi Amerika kubogi finali haqida gapirdi.
Turnirning hal qiluvchi bahsi 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
"Biz har doimgidek harakat qilamiz. Kolumbiya har doim g‘alaba uchun o‘ynagan.
Argentina - dunyoning eng yaxshi jamoasi, jahon chempioni, Amerika kubogining amaldagi g‘olibi, ammo biz harakat qilamiz", - dedi Kolumbiya terma jamoasi ustozi.
Shuningdek, argentinalik Nestor Lorenso o‘z vataniga qarshi o‘ynash qanday bo‘lishi haqida gapirdi.
"Men buni hech qachon boshdan kechirmaganman, bilmayman. Mening yaqinlarim bor, ular bu sodir bo‘lishi mumkinligini aytishdi.
Ko‘ramiz, bu juda zo‘r bo‘ladi. Men butun faoliyatim davomida tanish bo‘lgan futbolchilarga qarshi chiqaman", - deydi Nestor Lorenso.
58 yoshli mutaxassis kolumbiyaliklarning muvaffaqiyatiga Xames Rodrigesning ta’sirini baholadi.
"2014 yilda Xames to‘purar, yulduz futbolchi edi, ammo hozir u juda yaxshi o‘ynamoqda va butun jamoa unga yordam bermoqda", - deydi Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi.