Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Rasman! Rossiya chempioni “Andijon” futbolchisi!

Rasman! Rossiya chempioni “Andijon” futbolchisi!

Baho:
+ | -

Yozgi seleksiyada “Andijon” dastlabki transferni amalga oshirdi. O‘zbek futboli ixlosmandlari yaxshi biladigan, tajribali futbolchi Vagiz Galiulin jamoaga qaytdi.

Vagiz “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatining asosiy qismini Rossiya Premyer-ligasi hamda birinchi divizionida o‘tkazgan. Qanot yarim himoyachisi oxirgi to‘rt yilni “Nefteximik” klubida o‘tkazdi va u yerda jamoa sardori sifatida o‘ynadi.

“Andijon” hamda Galiulin o‘rtasida 1,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun:
Vagiz Galiulin
Tug‘ilgan yili: 10.10.1987
Ampluasi: qanot yarim himoyachisi
To‘p surgan jamoalari: “Andijon”, “Buxoro”, “Rubin”, “Sibir”, “Ufa”, “Tosno”, “Tambov” va “Nefteximik”.
Erishgan yutuqlari: Rossiya chempioni – 2008 (“Rubin”).
Rossiya Superkubogi – 2009-10 (“Rubin”).
Rossiya Kubogi – 2018 (“Tosno”).

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi o‘yinini 2021 yilda o‘tkazgan.

"Vagiz, uyingga xush kelibsan!" - deyiladi andijonliklarning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 17:10, 12.07.2024.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик