Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Surxon" 43 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va xodim bilan hisob-kitob qildi

"Surxon" 43 nafar sobiq futbolchi, murabbiy va xodim bilan hisob-kitob qildi

Baho:
+ | -

2023 yilning 6 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Surxon" futbol klubini yangi investorlarga berish yuzasidan qaror qabul qildi va mazkur qaror asosida "Surxon" xususiy klubga aylandi.

Ammo bu jarayon oson kechmadi. Sababi "Surxon" klubining qator xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda ishchi-xodimlar bilan bog‘liq katta miqdorda qarzdorligi mavjud edi. Jumladan, 49 nafar futbolchi, murabbiy va boshqa ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmagandi. Oqibatda ish Surxondaryo viloyati prokuraturasiga qadar yetib bordi hamda klubning sobiq rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Liga, Assosiasiya hamda O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi hamkorlikda o‘tgan vaqt davomida futbolchi va murabbiylar manfaatlarini himoya qilib keldi. Bunda "Surxon" klubiga nisbatan qator taqiq va cheklovlar joriy etildi. Natijada bugungi kunga qadar futbol klubining tekshiruv xulosasida aniqlangan qarzdorligi bo‘yicha 43 nafar futbolchi, murabbiy va ishchilar oldidagi moliyaviy majburiyatlar bajarildi. O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita qaroridan kelib chiqib, mazkur masala 16 iyul sanasiga qadar hal etildi.

Biroq yana 6 nafar futbolchi bilan bog‘liq masala ochiq qoldi. Shundan kelib chiqib, 19 iyul kuni Liga "Surxon" klubi rahbariyati, da’vogar futbolchilar, klubning sobiq rahbariyati manfaatlarini himoya qiluvchi vakillari, futbolchilar uyushmasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mazkur masala atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining hukmiga asosan aybdor deb topilgan Surxon klubining sobiq rahbariyati 43 nafar sobiq xodimlar bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi. Liga, Assosiasiya hamda Uyushma "Surxon" futbol klubi bilan bog‘liq ishni olib borishda FIFA nizomlari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normlariga asoslandi. Qolgan 6 nafar futbolchi futbol klubida olib borilgan tekshiruv xulosasidan norozi ekanligini bildirdi. Endilikda ularning mazkur talabi asosida qarzdorlik miqdoriga qayta aniqlik kiritish zarurati vujudga kelmoqda.

"Surxon" klubining yangi rahbariyati o‘tgan davr davomida Liga tomonidan qo‘yilgan barcha talabni o‘z vaqtida va aniq amalga oshirib keldi. Shunga qaramay, Liga sobiq futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilib, klubga nisbatan qator sanksiyalar qo‘lladi. Yuqoridagi holatga aniqlik kiritilguniga qadar ayni vaqtda Liganing "Surxon" futbol klubiga nisbatan e’tirozi mavjud emas. Yig‘ilishda mazkur masala Uyushma vakillari hamda futbolchilarga rasman ma’lum qilindi. Endilikda Liga O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining 2024 yil 2 iyuldagi qarori ustidan "Surxon" futbol klubi tomonidan yozilgan apellyasiya shikoyatining ko‘rib chiqilishida o‘z munosabati bilan ishtirok etadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:59, 23.07.2024.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.