Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Mirjalol Qosimov: «Bu yerga kelib o‘ynash har doim oson kechmagan»

Mirjalol Qosimov: «Bu yerga kelib o‘ynash har doim oson kechmagan»

Baho:
+ | -

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan «Andijon» – OKMK (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Muhimi, kerakli natijaga erishdik. Albatta, buni plyus va minus taraflari bor. Birinchi bo‘limda ancha sust harakat qildik, o‘yin boshida. Qolaversa, oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik. «Andijon» jamoasi qarshi hujumda ham, standart vaziyatlarda ham yaxshi harakatlana olishini yigitlarga ta’kidlab o‘tgandim. Shu narsalar bo‘ldi. Birinchisida o‘zimizni xatoimiz bilan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak, ikkinchi golda penalti bo‘lgan vaziyatda ular tezkor qarshi hujumga o‘tib ketdilar. O‘zimizni og‘ir vaziyatga tushirib qo‘ydik. Bunday «fora» berib o‘ynab bo‘lmaydi. Nimagaki, «Andijon» yaxshi o‘ynaydi. Qolaversa, raqibni «Navbahor» bilan o‘yinini ko‘rganimizda chiroyli harakat qilishgandi. «Andijon»ni 12-o‘yinchisi sifatida muxlislari bor. Bu yerga kelib o‘ynash har doim oson kechmagan. Lekin ikkinchi bo‘limda kerakli o‘zgarishlarni qilib, kerakli natijaga erishdik. 3 ochko qoladi, o‘yin esdan chiqadi.

- Jamoangiz 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganida ko‘nglingizdan nimalar o‘tdi?

- Ko‘nglimdanmi? Qanaqa rotasiya qilish...2 ta gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin tezkor gol urdik. Qaysidir ma’noda bu bizga ishonchni uyg‘otdi. Tanaffusda buni yigitlarga ham ta’kidladim. Shijoatni qo‘shib, tezkor yugurishni yigitlar bajara oladilar. Ikkinchi bo‘limda shu narsa tasdig‘ini topdi.

- Qaysi vaziyatda yutishingizni sezdingiz?

- Tanaffusda aytdim. Yigitlarga ishongandim. Boshidanoq yutishga kelgandik.

- «Andijon» jamoasini birinchi bo‘limda ikkita gol urishini kutganmidingiz?

- Qiziq narsada. Albatta, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rilganida darvozamizni nolga saqlash va raqib darvozasiga gol urish maqsadimiz bo‘ladi. Kutish degan narsa hayolda bo‘lmaydi. Futbolda har xil vaziyat bo‘ladi. Masalan, «Andijon»ni «Navbahor»ga qarshi o‘yinini eslasak, ikkinchi gol qanotdan to‘p uzatilganida to‘p darvoza to‘siniga tegib keyin golga aylanib ketdi. Raqib futbolchisi to‘pni tepib yuborganida kutilmaganda o‘z futbolchisiga tegib darvozaga kirib ketgandi. Yoki olimpiya terma jamoamizni olaylik. Misr bilan uchrashuvda himoyachimiz to‘pni maydondan chiqarib yubormoqchi bo‘lib tepganida raqib o‘yinchisiga tegib kirib ketdi. Futbolda kutilmagan hodisalar ko‘p bo‘ladi. Avvalambor gol o‘tkazmaslik. Lekin bilib bo‘lmaydi. Hammasi o‘yin davomida ko‘riladi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:16, 04.08.2024.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.