Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Sergey Lushan: “Tablodagi hisob barchasini ko‘rsatib turibdi”

Sergey Lushan: “Tablodagi hisob barchasini ko‘rsatib turibdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Sergey Ivanovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.   

— Judayam ham qiyin bahs bo‘ldi. Bugungi o‘yinda barcha asabiylashdi. Jamoamga rahmat aytaman. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, o‘zimizga kelib oldik. Yaratilgan vaziyatlarning yarmidan foydalana oldik. Yigitlarga bergan ko‘rsatmalarimning 80 foizi bajarildi. Afsuski, yo‘q joydan to‘p o‘tkazib yubordik. Tablodagi hisob barchasini ko‘rsatib turibdi.

— Yaratilgan vaziyatlarning yarmi, ya’ni, 50 foizidan foydalandik, dedingiz. Birinchi davrada ham “Navbahor” ko‘plab xavfli vaziyatlardan foydalana olmagandi. Jamoangiz vaziyatlardan foydalanish samarasini necha foizga olib chiqsa, Siz xotirjam bo‘lasiz?
— Albatta, yuz foiz. Yagona vaziyatdan ham foydalanishni boshlasak, men xotirjam bo‘laman. Ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ularning samaradorligi past. Shuningdek, keraksiz vaziyatlarda o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuboryapmiz. O‘yinni nazorat qildik, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida ikkita birga-bir vaziyatga ega bo‘ldik, ammo ularni ko‘kka sovurdik. So‘nggi daqiqadagi vaziyatdan ham foydalana olmadik. Bunday xatolar kechirilmasligi kerak.

— Sardor Rashidovning jarohati haqida gapirib o‘tsangiz? U qanchalik jiddiy jarohat oldi?
— Jiddiy jarohat emas ekanligiga umid qilaman. Sardor yelkasidan jarohat oldi. Yaqin orada ushbu savolga javobni bilib olamiz. Ayni damda Rashidov biz uchun suv va havodek zarur. Barcha futbolchilar biz uchun o‘ta muhim hisoblanishadi hamda barcha futbolchilarga ishonch bildiramiz.

— Jamoa ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik ko‘rdi? Yig‘inlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— O‘n ikki kunlik yig‘in o‘tkazdik. Bunday qisqa vaqt biz uchun yetarli bo‘lmadi. Uch haftalik rejani 12 kunga sig‘dirishga majbur bo‘ldik. Yigitlarga vaqt kamligi va ko‘p mehnat qilishimiz kerakligini aytdim. Yigitlarga rahmat, ular mehnat qilishdi, nolishmadi. Maqsadlarimiz qanday ekanligidan xabaringiz bor. Futbolchilar 12 kun davomida astoydil mehnat qilishdi. Ko‘proq vaqtimiz bo‘lganida yig‘in biroz osonroq o‘tishi mumkin edi.

— Jamoa yozgi transfer “oynasi”da bir necha futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Transferlardan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?
— Tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Asosiy darvozabonimiz jamoani tark etgani tufayli, darhol yangi posbon izlashga majbur bo‘ldik. Ikki nafar tajribali darvozabonlar bilan kelishuvga erishdik. Ushbu pozisiyada kuchsizlanib qolganimiz yo‘q. Yosh futbolchilarni ham tarkibimizga qo‘shib oldik. Yoshlarni ham kuzatmoqdamiz. O‘rinbosarlar jamoasi va birinchi ligada to‘p tepayotgan futbolchilarni ham kuzatib boramiz. Ularga imkoniyat berishimiz aniq va bunga majburmiz. Namangandan juda ko‘p iqtidorli futbolchilar chiqqan, hozir esa “Navbahor”ning asosiy tarkibida bor-yo‘g‘i bir nafar mahalliy futbolchi bor. Bu uyatli holat. Mahalliy futbolni ham rivojlantirishimiz kerak. Ko‘p mahalliy futbolchilar boshqa jamoalarda faoliyat yuritishmoqda.

— “Navbahor” o‘rinbosarlar jamoasi o‘tgan mavsum liganing quyi pog‘onalarida edi va salbiy natija qayd etayotgandi. Joriy mavsum avvalida esa “Navbahor” yoshlar hamda  o‘smir futbolchilar bilan ishlash bo‘yicha tajribali mutaxassis Dmitriy An bilan shartnoma tuzdi. Siz ham “Bunyodkor”da ishlagan vaqtingizda juda ko‘p yosh va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalagansiz. Siz “Navbahor”da nafaqat asosiy jamoa, balki o‘rinbosarlar jamoasi va yoshlar jamoasida ham faoliyat yuritib, ularni nazorat qilishni reja qilganmisiz?

— Biz bir jamoa bo‘lib ishlaymiz. Dmitriy asosiy jamoaning murabbiylar shtabidan ham o‘rin olgan. Qisqacha qilib aytsam, biz asosiy jamoa va o‘rinbosarlar jamoasini ham boshqaramiz. Barchasi bizning nazoratimizda bo‘ladi.

— “Navbahor”da bosh murabbiy o‘zgarganidan keyin, jamoa atrofida turli gap-so‘zlar ko‘paydi. Jamoaning ikkinchi davra oldidan maqsadlari qanday?

— Biz g‘iybatlashib o‘tiradigan ayollar emas, murabbiylarmiz. Jamoa qarorgohidan deyarli chiqmayapmiz. To‘g‘risini aytsam, men ishlagan jamoalarda bunday tarkib bo‘lmagan edi. Bunday tajribali va mahoratli futbolchilar bilan faoliyat yuritish juda yoqimli. Futbolchilarga ko‘p gapirib o‘tirish ham kerak emas. Ular barchasini tushunishmoqda. Bu shunchaki ajoyib. Bunday tarkib yig‘a olgan sobiq murabbiylarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 04:55, 08.08.2024.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.