Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Olimpik» loyihasi yo‘q bo‘lib ketadimi? Denis Korostichenko javob berdi

«Olimpik» loyihasi yo‘q bo‘lib ketadimi? Denis Korostichenko javob berdi

Baho:
+ | -

Superligada 15-tur bahslari start oldi. «Lokomotiv» jamoasi bu turda «Olimpik» bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Qarama-qarshilik bosim bilan boshlanib, yakuniga qadar temp tushgani yo‘q. O‘ylashimcha, kurashlarga boy bahs guvohi bo‘ldik. «Lokomotiv» hozir har bir bellashuvda g‘alaba qozonishi shart. Shu bilan birgalikda, biz ham ochko jamg‘arib borishimiz kerak. Har bir o‘yindagi ochkolar oltinga teng. Bugun ikki tomon ham raqib jarima maydonchasi ichida yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Durang adolatli natija deb hisoblayman.

— «Olimpik»da o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Imkoni bo‘lsa, shu haqida batafsil so‘zlab bersangiz?!
— Darhaqiqat, jamoamizda o‘zgarishlar bo‘ldi. Asosiy tarkib a’zolari boshqa klublarga yo‘l oldi. Bu o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda, boshqa futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdik. O‘z-o‘zidan, kuchli va qimmat ijrochilarni o‘z safimizga qo‘shib olmadik. Legioner yoki tajribali futbolchi bilan tarkibni kuchaytira olmadik. Tarkibda, yoshi katta birgina futbolchi bor. Sunatilla Abdullajonov. Bugungi golni aynan u kiritdi. Rejaga ko‘ra, chempionat oxiriga qadar shu yigitlarga ishonamiz.

— «Olimpik» loyihasi yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi mish-mishlarda jon bormi? Timur Kapadze ham postni topshirdi...
— Timur aka, matbuot anjumanida, so‘nggi 4 yil juda katta bosim ostida o‘tganini aytdi. U hozircha ta’tilga chiqdi. Shunga qaramay, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishda davom etmoqda. Tez-tez bizga masalahat berib turibdi. Biz esa, bor e’tiborimizni chempionat o‘yinlariga qaratamiz. Niyatimiz elitada jon saqlab qolish emas, yuqoriroq pog‘onani egallash. Agar bu ishni uddalasak, loyiha davom etadi deb o‘ylayman.

— Ayni damdagi tarkibingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Bu «Olimpik» proyektining startida kuzatilgan xolat. O‘shanda ham jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilardan iborat edi jamoa. Ikkinchi davrada ularga o‘yin amaliyoti beramiz. Hammasi ularning o‘z qo‘lida. Bizda vaqt tanqis edi. O‘ylaymanki, yigitlar har bir uchrashuvga katta maqsadlarni ko‘zlab tushadi.

— Siz ketganingizdan so‘ng «Lokomotiv» qay darajada o‘zgaribdi?
— Birinchi davrada boshqa mutaxassis bilan boshlagan edi. Ilk turlarda hammasi joyida edi, ammo keyin nima bo‘lganini bilmayman. Bugungi kunda Aleksandr Sergeevich ustozlik qilmoqda. U yaxshi inson va kuchli mutaxassis. U jamoa bilan oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi deb o‘ylayman. O‘zgarish faqat ijobiy tomonga.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:27, 10.08.2024.
O'qildi: 3532 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.