Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«Raqib 10 kishi qolgach butunlay xato o‘ynadik». Vadim Abramov Farg‘onadagi mag‘lubiyat, standart vaziyatlar va maydonning holati haqida

«Raqib 10 kishi qolgach butunlay xato o‘ynadik». Vadim Abramov Farg‘onadagi mag‘lubiyat, standart vaziyatlar va maydonning holati haqida

Baho:
+ | -

«Neftchi» - «Dinamo» (3:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
— O‘yinni barcha ko‘rdi, juda yomon o‘ynadik. Deyarli to‘liq o‘yin davomida 10 kishi bo‘lib o‘ynab, 3ta gol o‘tkazib yuborishni izohlash qiyin. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Kurashib, g‘olib chiqishdi. Biz esa bunday o‘yindan keyin xulosa qilishimiz kerak. Juda uyatli.

— Jamoangiz darvozabonining xatolari haqida nima deysiz?
— Ha, darvozabonimiz xato qilyapti, ammo u zarur pallada bir necha marta qutqarmoqda. Ammo bugun butun jamoa xato qildi, o‘tkazib yuborilgan uchta goldan qaysi birida uni ayblash mumkin? Jamoa raqib chetlatishdan keyin butunlay xato o‘ynadi. Yigitlar juda xotirjamlikka berilishdi. Raqibning xatosini kutishdi, chog‘i, ammo ular xato qilishmadi. Qarshi hujum va stantdartlarda jazolandik, burchak to‘pi vaqtida himoyachilar raqibga qarshilik ko‘rsata olishmadi, bu vaziyatda darvozabon nima ham qila olardi...

— Kecha «Dinamo» matbuot xizmati mashg‘ulotlar paytidan maydonning holatini tanqid qilib chiqdi. Bugun stadion tayyorlandi, maydon holatidan qoniqdingizmi?
— Maydonning ahvoli qanaqa ekanini o‘zingiz ko‘rdingizmi?

— Hozirgi juda issiq iqlim sharoitida O‘zbekistondagi istalgan maydonda shunday muammo bor. Nima, Samarqanddagi maydon Farg‘onadagidan yaxshiroqmi?
— Albatta, ayni damda Samarqanddagi maydon ajoyib holatda. Qachongacha shunday bo‘ladi bilmayman, chunki u yerda biz o‘ynaymiz, o‘rinbosarlar jamoamiz o‘ynaydi, «Surxon» o‘ynaydi, mashg‘ulotlar bo‘ladi. Maydonimiz buni qanchalik ko‘tara olishini bilmayman. Ehtimol, Farg‘onadagi bu stadioningizda ham «Neftchi»dan tashqari yana jamoa o‘ynayotgan bo‘lsa kerak, shu bois juda achinarli holatda edi. Bu bahona emas, mag‘lubiyatdan keyin o‘zimni oqlagandek ko‘rinmoqchi ham emasman. Shunchaki bunday maydonda nimanidir yaratish qiyin edi, — deydi Vadim Abramov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:49, 10.08.2024.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.