Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Komiljon Tojidinov: “Navbahor”ga qarshi kechadigan o‘yinlarda barcha jamoalar maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushadi”

Komiljon Tojidinov: “Navbahor”ga qarshi kechadigan o‘yinlarda barcha jamoalar maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi  16-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv sanasida 25 yoshga to‘lgan  “lochinlar” yarim himoyachisi Komiljon Tojidinov bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

  - Bo‘lajak raqibimiz “Bunyodkor” garchi joriy mavsum bahslarini omadsiz o‘tkazayotgan bo‘lsada, mazkur bahsda jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qiladi. Umuman olganda, “Navbahor”ga qarshi kechadigan o‘yinlarda barcha jamoalar maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushadi.    Biz o‘tgan turda Olmaliqda OKMKga alamli tarzda imkoniyatni boy berib, muxlislarimizni ranjitib qo‘ydik. Shuning uchun bo‘lajak o‘yinda ishqibozlarimizga quvonch ulashish, ularning ishonchlarini oqlash, g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushib, muxlislarga xursandchilik ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Umuman olganda, Superliganing bu yilgi bellashuvlari keskin kurashlar ostida kechmoqda va uchrashuvlar natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. Har bir jamoaga hurmat bilan yondoshish kerak.  

 Ishqibozlardan esa bo‘lajak o‘yinda jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga jamoamiz nomidan   minnatdorchilik bildiraman.

Joriy mavsumda jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman, – dedi Komiljon Tojidinov.

"Navbahor" PFK xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:59, 19.08.2024.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.