Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

To‘rt polvonimiz jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

To‘rt polvonimiz jahon chempionatida bronza medali sohibi bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining yunon-rum kurashi bahslarida to‘rt nafar polvonimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning -45 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Umidjon Karomov bronza medaliga ega chiqish uchun eronlik Muhammad Badraddin bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvda Umidjon 9:1 hisobida raqibi ustidan zafar quchdi.

-60 kg. vazn toifasidagi polvonimiz Farrux Yo‘ldoshev niderlandiyalik Ilias Lavoinani, Behruzbek Valiyev esa -71 kg. vazn toifasida armanistonlik Samvel Terteryanni taslim etib, jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, vazni 92 kilogrammgacha bo‘lgan yunon-rum kurashchilari orasida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Faxrikamol Komiljonov o‘tish bellashuvlarida dastlab xorvatiyalik Patrik Budorni, ikkinchi bellashuvda neytral kurashchi Konstantin Kasyanni mag‘lub etdi. Jahon chempionati bronza medali uchun bahsda esa Faxrikamol armanistonlik Lyova Shukiyanni mag‘lub etdi.

Shu tariqa, yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 1 ta kumush va 5 bronza medalini jamg‘ardi.

Kiritildi: 11:42, 22.08.2024.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.