Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, deb xabar beradi Essentially Sports.
Manbaga ko‘ra, rahbariyat Saudiya sarmoya jamg‘armasidan jamoani kuchaytirish uchun pul so‘ragan, bu rad etilgan. Qayd etilishicha, hujumchi Krishtianu Ronaldu klubdagi moliyaviy inqirozdan xabardor va bundan norozi. Shu bilan birga, 39 yoshli yulduz futbolchi “An-Nasr” rahbariyatining iltimosiga ko‘ra, mavjud vaziyat haqida ochiqchasiga izoh bermayapti.
O‘tgan mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 44 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.