Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Farhod Bekmuratov: «Tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik»

Farhod Bekmuratov: «Tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik»

Baho:
+ | -

«Andijon» O‘zbekiston Kubogi yarim finalida «Surxon»ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etib, tarixda birinchi marta finalga yo‘l oldi.

Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirgan futbolchilardan biri yarim himoyachi Farhod Bekmuratov esa «Andijon» matbuot xizmatiga taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Avvalambor, tarixiy g‘alaba bilan butun Andijon ahlini tabriklayman. Tarix yaratganimizdan xursandman. Bizga ishonganlar uchun rahmat. Klubimiz homiyidan viloyatimiz hokimigacha katta minnatdorchilik bildiramiz. Chempionatda 4 ta o‘yinda yutqazganimiz biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin yarim finalga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Chunki o‘zimiz ham tarix yaratishimiz kerakligini bilib turgandik. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Endi nasib qilsa finalda ham o‘zimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Ungacha chempionatda yana 3 ta tur bor. O‘sha uchrashuvlarda ham munosib o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman.

— Asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda hisob ochilmagach, barchasi penaltilar seriyasida aniqlandi. O‘sha lahzalarda nimalar xayolingizdan o‘tdi?

— To‘g‘risi, ich-ichimdan yutishimizni bilib turgandim. Aslida birinchi taymni o‘zida 3 ta gol ursak bo‘lardi. Mayli, nasib. Hammasi penaltilar seriyasiga yozilgan ekan. Shaxrom Samiyev gol urolmagan paytda ham ko‘nglim yutishimizni sezib turgandi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi va g‘alaba qozondi.

— Finalda «Navbahor» bilan o‘yin. Qaysi raqibni kutgandingiz?

— Rosti, qizig‘i yo‘q edi. Negaki, faqat o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylayotgandim. Ularga e’tibor bermadim. Muxlislarimizni xursand qilish biz uchun eng asosiysi edi.

— Nasib qilsa, bu birinchi finalingiz...

— Ha, birinchi finalim. Bungacha 2018 yili «Lokomotiv» safida O‘zbekiston chempioni bo‘lganman. Shuningdek, pro liga g‘olibiga ham aylanganman. Xudo xohlasa, Kubok finalida yutib, uni sovrinlarim qatoriga qo‘shib qo‘yishga harakat qilaman.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 20:14, 31.08.2024.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.