Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

FIFA fransiyalik hakamlarga o‘yin davomida tomoshabinlarga murojaat qilishga ruxsat berdi

FIFA fransiyalik hakamlarga o‘yin davomida tomoshabinlarga murojaat qilishga ruxsat berdi

Baho:
+ | -

2018 yilda futbol qoidalariga kiritilgan VAR tizimi hakamlar ishini ancha soddalashtirdi. Shunga qaramay, hakam tomonidan qabul qilingan qarorlar nafaqat oddiy muxlislar, balki sharhlovchilar orasida ham ko‘pincha hayratga sabab bo‘lmoqda. Hakamlar va jamoatchilik o‘rtasidagi aloqani yaxshilash uchun FIFA ularga bevosita tomoshabinlarga murojaat qilishga ruxsat berdi.

Bu haqda Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Filipp Diallo ma’lum qildi. FIFA Fransiya stadionlarida hakamlarga VAR aralashuvidan so‘ng qabul qilingan qarorlarni tushuntirishga imkon beradigan ovoz tizimi joriy etilishini sinab ko‘rish uchun yashil chiroq yoqdi. Biroq, yakuniy qaror Fransiya futbol ligalari rahbariyatiga tegishli bo‘lib, ular bu tajribani o‘tkazishdan bosh tortishi mumkin.

“Ushbu tizim Argentinada bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati va Avstraliyada bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘llanilgan", - dedi Diallo.

Kiritildi: 19:02, 10.09.2024.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик