"Barselona" sport direktori Deku klub nima uchun yarim himoyachi Dani Olmoni sotib olishga qaror qilganini tushuntirdi.
"RB Leypsig"da to‘p tepgan ispaniyalik futbolchining transferi "ko‘k-anorranglilar"ga bonuslarni hisobga olmaganda 55 million yevroga tushdi. 26 yoshli futbolchining transferi avgust oyida amalga oshirilgandi.
"Nega Olmo bilan shartnoma imzoladik? Chunki bizda Danidek yarim himoyachi yo‘q edi. Jamoamizda ko‘p xislatlar bor edi, lekin bizda shunday futbolchi yetishmadi. U chiziq oralarida yaxshi o‘ynaydi, gol uradi va hujumchilar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi. Fermin shunga o‘xshash narsani qila oladi, lekin ular boshqacha. Dani bilan jamoamiz g‘alabalarga yanada chanqoq bo‘ladi", - deya Deku so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.