Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bahorgacha "Santyago Bernabeu"dagi barcha konsertlar bekor qilindi

Bahorgacha "Santyago Bernabeu"dagi barcha konsertlar bekor qilindi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"dagi barcha konsertlarini bahorgacha bekor qildi.

Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Music Bank guruhining 12 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konserti bekor qilingan.

Stadionda noyabrdan martgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan boshqa konsertlar boshqa muddatga qoldiriladi. Qaror Madrid ma’muriyatining qabul qilinadigan shovqin darajasi bo‘yicha talablari bilan bog‘liq.

"Ushbu qaror klubning konsertlar vaqtida amaldagi munisipal qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning bir qismidir. "Santyago Bernabeu"ning ovoz o‘tkazmasligi va ko‘rilgan qo‘shimcha choralarga qaramay, turli tashkilotchilar va promouterlar tomonidan ushbu standartlarga rioya qilish qiyin edi.

"Real Madrid" stadionimizda konsertlar o‘tkazish imkonini beradigan ovoz ishlab chiqarish va translyasiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ustida ishlashda davom etadi.

Konsertlardan tashqari, "Bernabeu" ko‘plab tadbirlar va shoularni o‘tkazish uchun jihozlangan bo‘lib, ular stadionni rivojlantirish loyihasi doirasida davom etadi.

"Real" Madrid shahri bilan barqarorlik va hamkorlik masalalarida ishlashda davom etadi va har doim stadion faoliyati klubning shahar manfaatlariga sodiqligini kafolatlashi va shahar muhitiga foyda keltirishi uchun harakat qiladi", - deyiladi "Real Madrid" bayonotida.

Kiritildi: 16:43, 14.09.2024.
O'qildi: 2265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик