Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Aleksandr Krestinin: «Qiyin raqib bilan o‘ynadik»

Aleksandr Krestinin: «Qiyin raqib bilan o‘ynadik»

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan «Andijon» – «Lokomotiv» (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin savollarga javob berdi.

- Birinchi navbatda «Lokomotiv» muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni uyda ham, safarda ham tinmay qo‘llab turishibdi. Shu bilan birga yigitlarimizni ham alohida tabriklayman. Juda kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Qiyin raqib bilan o‘ynadik va unda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. «Andijon» jamoasini muxlislari o‘z uyida fantastik darajada qo‘llab-quvvatlaydilar. O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqqan jamoaga qarshi to‘p surish bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi.

- «Lokomotiv» oxirgi ikkita turda kerakli natijalarni qo‘lga kirityapti. Buni asosiy sababi nimada?

- To‘g‘ri, g‘alaba futbolchilarga ruhiy tomondan ta’sir ko‘rsatadi. Ularni maydonda faol va bir-birini tushunib o‘ynashayotgani g‘alabamizga zamin bo‘lyapti. Psixologik tayyor bo‘lgach, g‘alaba qozonadigan vaqtlar ham kelgandi.

- Birinchi taymga nisbatan ikkinchi taymda «Andijon» yaxshiroq o‘ynagandek tuyuldi.

- Birinchi golni urganimizdan keyin ba’zi vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik, tan olaman va bu rejamizda yo‘q edi. O‘yinda nimadir noto‘g‘ri kechgan holatda kutilmaganda to‘p o‘tkazib yubordik. Oxirida yaxshi harakatimiz hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritdik.

-  «Lokomotiv» qaysi jihatlari bo‘yicha raqibidan ustun keldi? Go‘yoki, bugun ayyor taktika tanlangandek...

- Qanday ayyor taktika bo‘lishi mumkin? Raqibdan ko‘ra bitta ko‘p gol urdik. Shu sabab tufayli g‘alabaga erishdik. Menimcha, bu vaziyatni alohida tahlil qilib chiqish shart emas.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 00:33, 16.09.2024.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.