Bugun UYEFA Chempionlar Ligasi yangi formatda boshlanadi. Turnirning ilk uchrashuvlaridan biri Turinning “Yuventus” hamda “PSV Eyndxoven” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindir.
Qizig‘i shundaki, "Yuventus" bosh murabbiyi Tyago Motta uchun bu Chempionlar ligasida bosh murabbiy sifatidagi ilk o‘yini bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Motta o‘tgan mavsumda "byankonerilar"ni qabul qilib olgan edi. U avvalroq “Jenoa”, “Spesiya” va “Bolonya” klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan, shuningdek, “PSJ”da yoshlar jamoasini boshqargan.
Hozir yosh mutaxassis 42 yoshda. Aytgancha, Motta A Seriyaning so‘nggi mavsumida "Bolonya"ni Chempionlar ligasiga olib chiqqandi.