Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shaxmat. Erkaklar terma jamoamiz Hindiston bilan durang qayd etdi

Shaxmat. Erkaklar terma jamoamiz Hindiston bilan durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turidan o‘rin olgan erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston-Hindiston to‘qnashuvi yakuniga yetdi.

Unda jangovar durang qayd etildi — 2:2. Hindistonliklar barcha taxtalarda ochiqchasiga durang uchun harakat qilishdi.

Dastlab Jahongir Vohidov va Vidit Santosh Gujarathi o‘rtasidagi bahs yarim soatda durang bilan yakuniga yetdi. Shundan so‘ng Abdusattorov va Sindarov ham o‘z raqiblari bilan durangga imzo chekishdi.

Shamsiddin Vohidov esa qiyin vaziyatdan chiqib ketib, o‘yin oxirida g‘alaba uchun harakat qilib ko‘rdi. Ammo raqib ishonchli himoyalandi va bu partiya ham durang bilan tugadi.

Hindiston musobaqada ketma-ket 9ta g‘alabadan keyin ilk marta durang qayd etdi. Bu jamoa 17 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. O‘zbekiston esa 15 ochko kuchli uchlikda qoladi.

HINDISTON - O‘ZBEKISTON - 2,0 - 2,0.
Domaradju Gukesh (2764) - Nodirbek Abdusattorov (2766)  - 0,5 - 0,5.
Rameshbabu Praggnanandha (2750) - Javohir Sindarov (2677) - 0,5 - 0,5.  
Arjun Erigaisi (2778) - Shamsiddin Vohidov (2650)  - 0,5 - 0,5.
Vidit Santosh Gujarathi (2720) - Jahongir Vohidov (2571)  - 0,5 - 0,5.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:32, 20.09.2024.
O'qildi: 2409 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.