Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ivan Boshkovich: «Menimcha, «Nasaf»ni quvib o‘tish imkonsiz»

Ivan Boshkovich: «Menimcha, «Nasaf»ni quvib o‘tish imkonsiz»

Baho:
+ | -

Superligada 20-tur o‘yinlari davom ettirildi. «So‘g‘diyona» jamoasi bu tur safarda «Navbahor» bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bahs juda qiziq o‘tdi. Maydonning holatidan kelib chiqib murakkab bo‘ldi desam ham bo‘ladi. Biz ko‘p joyda istaganimizdek o‘yin ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limda men istagan narsalar ishlamadi. Shu bois, o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Futbolchilardan kurashlarda faol bo‘lishini talab qildim. Yigitlar hammasini tushundi. Ikkinchi taymda biz agressiya qo‘shdik. Bugun legionerimizning mahorati bizga qo‘l keldi. Bugun ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. «Navbahor»da ham imkoniyatlar bo‘ldi, ammo himoya chizig‘imiz yaxshi harakat qildi. Mehmonda, yaxshi jamoaga qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yubormadik. «Navbahor»ga finalda omad tilayman.

— «Navbahor»da qayerda xato ketdi?

— Umuman olganda, jamoalarimiz bir-birini yaxshi biladi. Biz ham, ular ham maydon sababli istaganimizdek futbol ko‘rsatmadik. Bu bahsda xarakter ham rol o‘ynadi. Bizga avvalgi natijalar ko‘rsatdi. «Nasaf» uzoqlashib ketganiga qaramay, yigitlarni ruhan kurashni davom ettirishga harakat qildik. Biz oxirigacha kurashamiz. Hozir, «Navbahor» finalga e’tibor qaratgan. Mavsum ular kutganidek bo‘lmagani bois, bor e’tibor kubokka qaratilgan. Biz singari tezkor jamoalar bilan ochiq futbol o‘ynash og‘ir. Nima bo‘lganda ham, «Navbahor» o‘z uyida o‘ynamoqda. Agar maqsad chempionlik bo‘lsa birinchi raqamda harakat qilishi kerak. Dinamika bugun biz tomonda bo‘ldi.

— Lushchanning va Babayanning «Navbahor»i o‘rtasida qanday farq bor?

— Agressiya va kuchli pressing masalasida o‘zgarish bor, biroq maydonning sifati sababli terma jamoa futbolchilari o‘z imkoniyatini namoyish eta olmadi. Muxlislar uchun o‘ynayapmiz, ammo yuqori darajadagi futbolchilar yaxshi maydonga loyiq. Kubokdagi uchrashuvda biz raqibni bizga nima taklif etishini bilmagan edik. Shaxsan meni yuqori pressing va agressiv futbol xayron qoldirgan edi.

— Asosiy bellashuvlarda rotasiya qilish masalasida fikringiz qanday?

— Men deyarli har doim imkon beraman. Hatto, ular bunga xaqli desam ham bo‘ladi. Jamoamizda katta yoki yosh futbolchi degan tushuncha yo‘q. Kim o‘zini mashg‘ulotlarda yaxshi ko‘rsatsa, maydonga tushadi. Menga umuman farqi yo‘q. Ular meni ishonchimni oqlamoqda. Ular tayyor bo‘lganda maydonga tushirish meni vazifam. Buni rotasiya deb atamagan bo‘lar edim. Bizning chempionatda o‘yinlar soni kam. Rotasiya haqida qanday gap bo‘lishi mumkin?

— Chempionlik poygasida intriga tugadimi?

— Men doim g‘alaba uchun o‘ynayman. Bu mening mentalitetim. «Nasaf»ning uzoqlashib ketgani ruhan bizga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, ammo ikkinchi bo‘limda buni yengib o‘tdik. Afsuski, biz turnir jadvalida pastdagi jamaoalar bilan bahslarda 8 ochko yo‘qotdik. Bu uchun afsusdaman. Biz faqat bu mavsum uchun harakat qilmayapmiz. Kelasi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lamiz. Intriga masalasida bilmadim. «Nasaf»ni quvib o‘tish deyarli imkonsiz. Sport tomondan kurashda davom etamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:18, 27.09.2024.
O'qildi: 3925 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.