Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Osiyo kubogi U-20 qur’asi uchun savatchalar tarkibi aniq bo‘ldi

Osiyo kubogi U-20 qur’asi uchun savatchalar tarkibi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

21-29 sentyabr kunlari Osiyoning 10 ta mamlakatida U-20 Osiyo kubogi musobaqasi uchun saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yakunda esa qit’a chempionatiga chiqqan 16 jamoa nomi aniq bo‘ldi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham "B" guruhida barcha raqiblarini mag‘lub etib, 12 ochko bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston mazkur yosh toifasida Osiyo chempioni hisoblanadi (Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa 2023 yil yurtimizda o‘tkazilgan Osiyo kubogida g‘olib chiqqandi). Shuning uchun O‘zbekiston musobaqaning final bosqichi uchun tashlanadigan qur’ada 1-savatda bo‘ladi. Shuningdek, 2025 yilgi musobaqa mezboni Xitoy hamda Iroq, Yaponiya yoshlar terma jamoalari ham bu savatdan o‘rin olishdi.

Musobaqa 2025 yilning 6-23 fevral kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Unda yuqori 4 ta o‘rinni egallagan jamoalar Chilida o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

1-savat
Xitoy
O‘zbekiston
Iroq
Yaponiya

2-savat
Janubiy Koreya
Avstraliya
Eron
Iordaniya

3-savat
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg‘iziston

4-savat
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR

OFK qur’a tashlash sanasini hali e’lon qilmadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:12, 30.09.2024.
O'qildi: 6887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.