Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kukurelya: "Men muxlislar uchun kichik nishonga aylandim"

Kukurelya: "Men muxlislar uchun kichik nishonga aylandim"

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya APLdagi adolatsiz munosabatidan shikoyat qildi.

26 yoshli Kukurelya o‘tgan hafta oxirida "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda Premyer-liganing joriy mavsumidagi beshinchi sariq kartochkasini oldi va endi "Chelsi"ning keyingi o‘yinida diskvalifikasiya qilinadi.

Kukurelya o‘tgan yozda Yevro-2024da Ispaniya termasi bilan g‘alaba qozongani uchun boshqa jamoalar hakamlari va muxlislari unga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lganini his qilmoqda.

"Endi odamlar sizni bilishadi va siz yaxshiroq ishlashingiz kerak. Yevropa chempioni bo‘lish - bu siz bilan abadiy qoladigan tarixiy yutuq. Men allaqachon beshta sariq kartochka va bir nechta qoidabuzarlik uchun diskvalifikasiya qilinganman. Men ular uchun kichik nishonga aylandim.

"Muxlislar menga tezda hujum qilishadi, ayniqsa biz mehmonda o‘ynaganimizda. Bu normal holat, chunki biz g‘alaba qozondik, men esa gol urishda ishtirok etdim va men ularning maydonida o‘ynayapman... Ular o‘zlarini zaif his qilishlari normal holat" - dedi Kukurelya Cope bilan suhbatda.

Kiritildi: 16:06, 11.10.2024.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик