Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi: "Oson bo‘lmagan o‘yinda maydonga tushamiz"

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi: "Oson bo‘lmagan o‘yinda maydonga tushamiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi G‘iyosjon Rizaqulov Urugvayga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

— Oktyabr oyida terma jamoa bilan 4 ta o‘yin o‘ynashimiz kerak edi. 2 ta uchrashuvni o‘tkazib bo‘ldik, menimcha, Argentinaga qarshi kerakli o‘yinlarda qatnashdik. Osiyo kubogiga ko‘p vaqt qolmadi, bu kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar orqali musobaqaga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Ertangi o‘yin haqida

— Urugvay ham yaxshi jamoa, biz yana 2 ta oson bo‘lmagan o‘yinda maydonga tushamiz. O‘z imkoniyatimizni namoyish etib, murabbiylarimiz ko‘rsatmalari bo‘yicha harakatlanamiz. O‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Jamoadagi ichki muhit

— Ichki muhit yaxshi, hamma birgalikda mehnat qilyapti. Hammamizda kayfiyat yaxshi, o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz, dedi himoyachimiz.

Eslatib o‘tamiz, Urugvay U-20 va O‘zbekiston U-20 o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16-oktyabrga o‘tar kechasi soat 02:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:06, 15.10.2024.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик