Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi bo‘limdayoq yirik hisobni ta’minlashimiz kerak edi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Birinchi bo‘limdayoq yirik hisobni ta’minlashimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

Superligada 21-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Nasaf" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Surxon" klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yirik hisobda g‘alaba qozonishga yetadigan vaziyat yaratdik. Birinchi bo‘lidmayoq buni amalga oshirishimiz kerak edi. Vaziyatdan foydalanmaganimiz uchun raqib bundan foydalandi. Bugun 2 ochko yoqotdik.

Bugungi durangga Sherzodning xatosini sabab bo‘ldimi?

Biz Sherzod bilan gaplashib oldik. Har qanday holatda futbolchi o‘zini bunday tutmasligi kerak. Kerakli so‘zlarni aytib o‘tdik. Ayrim joylarda hakamlar "Nasaf"ga yordam beryapti deb yozishmoqda. Vaholanki, 3 o‘yindan beri qizil kartocha sababli o‘yinni bir kishi kam bo‘lib tugatyapmiz. Bu haqida esa hech kim hech kim yozmayapti ham. Bugun ham kam bo‘lib ham ishtiyoq so‘ngani yo‘q. Sherzodning o‘zini tutishini biz qoralaymiz. Jamoani og‘ir ahvolda qoldirdi.

Boburni nega almashtirdingiz?

Hujumchi gol urishi kerak. Boburda 4 ga yaqin imkoniyat bo‘ldi. Abduxoliqovni maydonda kam bo‘lib qolgan paytda zaxiraga oldik. 3 ta himoyachi sxemasiga o‘tdik.

Ikkinchi bo‘limda 4 futbolchi o‘zgartirdingiz va bu nimalarni o‘zgartirishi kerak edi?

Qizil kartocha rejalarni o‘zgartirdi. Aslida, reja boshqacha edi. Charchaganlarni zaxiraga olib, hujumni kuchaytirmoqchi edik. Afsuski, avvalroq harakat qilishimiz kerak edi.

"Nasaf" o‘rtamiyona jamoalar bilan qiynalayotgani raqibga past baho berganidanmi?

Balki yuqori baho berganimizdandir. Masalan "Bunyodkor" bilan bahsda 2:0 hisobida oldinda borayotgan edik, ammo keyin bo‘shashdik. Bugun ham birinchi goldan keyin bo‘shashdik. Kuchliroq jamoalarga qarshi futbolchilar katta kuch bilan harakat qiladi. Biz 2 ochko yo‘qotdik, ammo hali-hamon yetakchimiz. Bu ishni bajarishimizga ishonamiz.

Kiritildi: 04:56, 19.10.2024.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик