Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Vadim Abramov: "Kiritgan golimizdan so‘ng futbol o‘ynamadik"

Vadim Abramov: "Kiritgan golimizdan so‘ng futbol o‘ynamadik"

Baho:
+ | -

Superligada 22-tur yakunlandi. Turning so‘nggi bahsi Samarqandda kechdi. Unda "Dinamo" jamoasi "Nasaf"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Biz mamlakat chempioniga aylangan klub bilan yaxshi o‘ynadik. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Golgacha yaxshi o‘ynadik, vaholanki ikkinchi golni ham kiritgan edik, biroq uni inobatga olishmadi.

Bugun "Dinamo"ga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz? Ratinyo va Iminovning yo‘qligi sezildimi?

Ularda jarohat bor. Menimcha gol kiritguncha yaxshi o‘ynadik. Nega, himoyaga yotib olib to‘pni tepib yuborishni boshlaganimizni bilmayman. Aslida o‘zimiz aybdormiz. Goldan keyin futbol o‘ynashni tugatdik. Tajribali furbolchilar to‘pni saqlab qolishi va jamoani oldinga boshlashi kerak edi.

Jamoaning rejalari qanday?

Uzuq-yuluq mavsum bo‘ldi. Huddi mavsum tugagandek. Asosiy vazifamiz yigitlarning miyasini to‘g‘irlashimiz kerak. Avvalo, bu mavsumni yaxshilab tugatib olishimiz kerak. Keyingi yil uchun yil oxirida reja tuzamiz. Afsuski, bugun tushib qolgan holatimizga o‘zimiz sababchimiz. "Nasaf"ni tabriklaymiz. Ularda anchadan beri birga o‘ynayotgan tarkib bor. Xuddi ular singari oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo‘yishimiz kerak.

Kelasi mavsumda rahbariyatni talablarida o‘zgarish bo‘ladimi?

Albatta, biz ham bundan umidvormiz. Bu shaharda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Futbolga kelishadi. Ular bunga haqli. Shu o‘rinda muxlislarimizdan yana bir bor mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Shunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag‘lub bo‘lganimiz muxlislarni yodidan chiqib kesin.

Xislat Halilov gol kiritganidan so‘ng sizni oldingizga keldi. Bu yoqimli holatmi?

Albatta, yigitlar harakat qilishmoqda. Xislat buni uddalayotganidan xursandman. To‘g‘risi, ko‘proq yoshlar jamoada bo‘lishini istayman. Agar Samarqandda yosh futbolchilar uchun mashg‘ulot va o‘yin o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilsa, iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Ularga imkon berish kerak.

Kojoga bugun bir necha bor tanbeh berdingiz. Vaziyatni tushuntirib bera olasizmi?

To‘g‘risi, uning terma jamoaga hammadan oldin ketib, hammadan keyin kelishi jahlimni chiqaradi. Bu borada u bilan suhbatlashib oldik. Tushunaman, bu terma jamoa, ammo klubga ham vaqtida kelish kerak. Bu o‘z-o‘zidan mashg‘ulot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U bugun o‘ziga o‘xshamadi. Futbolni aldab bo‘lmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:47, 29.10.2024.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.