Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi vaziyatimiz tashvishga solyapti"

Aleksandr Xomyakov: "Hozirgi vaziyatimiz tashvishga solyapti"

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur yakunlandi. "Andijon" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Qizilqum" klubini qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bahs ikkala jamoa uchun ham muhim edi. Bu uchrashuvdagi g‘alaba ko‘p narsani hal qilardi va turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish imkonini berardi. Shuning uchun o‘yin og‘ir o‘tdi. Birgina xato hammasini hal qilar edi. Raqib jamoa tartibli himoyalandi, qarshi hujumlardan foydalandi. Birinchi bo‘limda ikkita golli vaziyat bo‘ldi, yaxshi himoyalangani uchun biz hech narsa qila olmadik. Uchrashuv oxirida hujumda o‘ynadik. Lekin golsiz bahs bo‘ldi. Himoyada ham e’tiborli harakatlandik. Ikkita vaziyat bo‘ldi, gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Menimcha, durang adolatli natija.

- Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldilar?

- Qanotlarda faollik yetishmadi. O‘rtadan hujum qilish xavfli edi. Ikki zonada kreativlik yetishmadi. O‘z o‘yinlarimizni tashkil qilish uchun futbolchi almashtirilishi kuchaytira oldi, deya olmayman. Zaxiradagilardan foydalangan holda vaziyatdan chiqishni niyat qilgandik. Ularga bu uchrashuv juda muhim ekanligini uqtirgandim. Biroq hujumga hech narsa qo‘sha olmadik.

- Mavsum yakunlanib boryapti. Andijon esa ochko yo‘qotishda davom etyapti. Bu rahbariyatga, murabbiylarga va futbolchilarga qanday ta’sir ko‘rsatyapti?

- Albatta, bu vaziyat hammani tashvishga solmoqda. Ikkinchi davrada bor yo‘g‘i 7 ochko jamg‘ardik. Faqatgina bitta g‘alaba qozondik. Vaziyat tashvishga solmoqda, muxlislar, rahbariyat va bizda ham shunday holat. Harakat qilyapmiz, hozircha o‘xshamayapti.

- Anchadan beri boshlang‘ich tarkibda o‘ynamayotgan Luka Zgurskiy nima uchun bugun asosiy tarkibda maydonga tushirildi?

- Raqib jamoa 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynashni taklif qildi. Bo‘ydor himoyachilar. Zgurskiyga bunday holatda hujumda faolroq o‘ynashi uchun ko‘rsatma berdik. Ikkinchi sabab, u mashg‘ulotlar jarayonida o‘zini ko‘rsata oldi. Uning bo‘ydorligi, himoyachilarga bosim o‘tkaza olishini inobatga olib, asosiy tarkibda ishonch bildirdik. Menimcha, u yomon o‘ynamadi. To‘g‘ri, hujumchi gol urishi kerak. Ammo uni o‘yiniga e’tirozim yo‘q.

- "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko kelasi yili "Andijon" murabbiylar shtabidan joy oladi, degan mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik haqiqat?

Mendan so‘rayapsizmi? Menga beriladigan savol emas. Bu tushunarli, natija qoniqtirmayapti. Mavsum tugashini kutamiz. Rahbariyat qanday qaror qiladi?! Levchenko haqida birinchi marta eshitib turibman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 03:33, 11.11.2024.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.