Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Samarqanddagi penalti, Namangandagi qizil kartochka: O‘zFHM hakamlarning bahsli vaziyatlardagi qarorlarini to‘g‘ri deb topdi (video)

Samarqanddagi penalti, Namangandagi qizil kartochka: O‘zFHM hakamlarning bahsli vaziyatlardagi qarorlarini to‘g‘ri deb topdi (video)

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Superligasining 24-turi 10 noyabr kuni yakunlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Ma’lum qilinishicha, ushbu bellashuvlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.

1-vaziyat. “Dinamo” — “Lokomotiv” o‘yini: bahsli penalti.

“Dinamo” — “Lokomotiv” uchrashuvining 16-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli a’zosi raqib jarima maydonida to‘p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov bu vaziyatda penalti yo‘qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan, himoyachi raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgan yoki ishlatmagani bo‘yicha videofakt mavjud emas. Shu sababli penalti belgilash uchun asos yo‘q. Komissiya hakamning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

2-vaziyat. “Dinamo” — “Lokomotiv” bellashuvi: bahsli vaziyat.

“Dinamo” — “Lokomotiv” uchrashuvining 67-daqiqasida samarqandliklarning 70-raqamli vakili mehmonlarning 97-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to‘p uchun harakat qilgan, ammo ulgurmagani bois raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bu holatda qizil kartochka berish uchun asos yo‘q. Komissiya tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

 3-vaziyat. “Navbahor” — “Paxtakor” qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

“Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvining 54-daqiqasida mehmonlarning 2-raqamli futbolchisi namanganliklarning 22-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan ochiqchasiga raqibiga qo‘pollik ishlatgan. Chetlatish uchun asos yetarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisobladi.

4-vaziyat. “Nasaf” — “So‘g‘diyona” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

“Nasaf” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90-daqiqasida mehmonlarning 33-raqamli a’zosi o‘z jarima maydonida to‘pni qaytarib yubordi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev qo‘l bilan o‘yin yo‘qligini va qoidabuzarlik holati qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to‘p himoyachining yelka qismiga teggan. Penalti belgilash uchun asos yo‘q. Shu bois komissiya hakamning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

5-vaziyat. “Surxon” — “Neftchi” bellashuvi: bahsli vaziyat.

“Surxon” — “Neftchi” uchrashuvining 79-daqiqasida termizliklarning 5-raqamli vakili mehmonlarning 17-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov dastlab penalti belgiladi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng jarima zarbasi qayd etdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda videotakrorlardan ko‘rish mumkinki, futbolchi qoidani buzgan. Ammo fol jarima maydonchasidan tashqarida sodir etilgan. Penalti uchun asos yo‘q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

6-vaziyat. “Andijon” — “Qizilqum” qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat.

“Andijon” — “Qizilqum” uchrashuvining 30-daqiqasida mezbonlar posboni 7-raqamli raqibi bilan to‘p uchun kurash olib bordi. Bosh hakam To‘rabek Suyunov bahsni davom ettirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to‘g‘ri qilgan. Mehmonlar hujumchisi penalti ishlash uchun simulyasiya ishlatgan. Mazkur holatda penalti uchun asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 07:51, 12.11.2024.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.