Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Andijon" qishki ta’tiga chiqdi yoxud jamoaning yangi mavsum uchun rejalari haqida

"Andijon" qishki ta’tiga chiqdi yoxud jamoaning yangi mavsum uchun rejalari haqida

Baho:
+ | -

30 noyabr kuni Namanganda “Navbahor”ga qarshi chempionatning so‘nggi o‘yinida maydonga tushgan "Andijon" a’zolari endilikda qishki ta’tilga chiqdilar.

Klub matbuot xizmati joriy mavsumda 60 yillik yubileyida ilk bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan va milliy chempionatda 9-o‘rinni band qilgan “Andijon”ning ishtirokini shubhasiz muvaffaqiyatli baholaydi. Kubok sohibi sifatida “Burgutlar” 2025 yilda o‘z tarixida ilk bor Osiyo Chempionlar ligasi 2da ishtirok etadi. Bu esa o‘z-o‘zidan yangi futbol mavsumi jamoa uchun nihoyatda muhim ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Juda mashaqqatli o‘tgan mavsumdan keyin jamoamiz a’zolari yaxshilab xordiq chiqarishadi. Yangi mavsumga jiddiy va munosib tayyorgarlik ko‘rish dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada klub rahbariyati qishki tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqishgan.

Aytish mumkinki, “Andijon” jamoasi dekabr oyida dam oladi. 2025 yilgi mavsumga tayyorgarlikni esa 3 yanvar sanasidan boshlashi ko‘zda tutilgan. Aynan qishki yig‘in mobaynida bir nechta bosqichdan iborat rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, “Burgutlar” Tojikiston hamda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, muxlislarni tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ham qiziqtirmoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kelasi yil jamoa uchun juda muhim va yangi sahifa ochiladigan mavsum hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, qishki seleksiyada jamoa faol bo‘ladi va aytish joizki, qiziqarli transfer yangiliklari ishqibozlarni kutmoqda. Har bir pozisiyani yanada kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilar bilan qizg‘in muzokaralar davom etmoqda va ularning orasida yaxshi saviyadagi legioner o‘yinchilar ham mavjud. Kelishuvga erishilgan futbolchilar haqida albatta klub matbuot xizmati orqali rasmiy ma’lumot beriladi.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 09:47, 02.12.2024.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.