Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 0-1 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 0-0 Nasaf

MMA. Maxachev: "Sarukyan menga raqobatli jang taqdim etgandi"

MMA. Maxachev: "Sarukyan menga raqobatli jang taqdim etgandi"

Baho:
+ | -
2025 yilning 18 yanvar kuni AQSHda yangi mavsumning raqamlangan ilk UFC turniri bo‘lib o‘tadi.

UFC 311 turnirining asosiy jangida yengil vazn toifasida amaldagi divizion chempioni Islam Maxachev majburiy da’vogar Arman Sarukyandan kamarini himoya qiladi. Arman uchun revanshga aylanadigan jang oldidan Islam o‘z taxminini bildirdi.

Maxachev jangni hakamlar qaroriga qoldirmoqchi emas, u hamyurtini parterda mag‘lub etishni maqsad qilgan. Bu haqda u Daniel Kormyega bergan intervyusida aytdi.

"Birinchi jangda men uning bekgraundlarini bilmagandim. U mening kurashimdan yaxshigina himoyalangandi. Rostan ham u o‘shanda menga raqobatli jang taqdim etgandi. Og‘ir jang o‘tkazganimni tan olaman. Lekin hozir men u haqda hamma ma’lumotlarni bilaman. O‘ylaymanki, uni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchrataman. Charlz Oliveyra Armanni deyarli har bir raundda mag‘lub etgan edi. Charlz Armanni gilyotina, uchburchak usullariga tushirib, jangning o‘zida finish qilishga yaqin kelgandi. Shu ishni men yakunlab qo‘yaman", - dedi Maxachev. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning aprel oyida o‘tkazilgan ilk jangda Maxachev ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. O‘shanda Arman Sarukyan o‘zining UFC`dagi debyut jangini o‘tkazgan edi.

Manba: fighttime
Kiritildi: 10:58, 18.12.2024.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.