Kirish Ro'yxatdan o'tish

Doku o‘z ustozidan ko‘p narsalarni o‘rgangan

Doku o‘z ustozidan ko‘p narsalarni o‘rgangan

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku o‘z ustozi Pep Gvardiolaning uning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.

Belgiyalik futbolchi “shaharliklar”ga 2023 yilning yozida Fransiyaning “Renn” klubidan ko‘chib o‘tgandi.

"Gvardiola menga o‘yinni tushunish, pozision futbol borasida yordam berdi. U turli pozisiyalarda o‘ynashingiz va jamoaga yordam berishingiz uchun nima qilish kerakligini aytadi.

U sizning ko‘proq o‘rganishingizni xohlaydi va men bu yerga kelganimdan beri ko‘p narsalarni o‘rgandim deb o‘ylayman.

Mening pozisiyamda o‘ynaydigan jamoadoshlarimdan ham o‘rganaman. Ular bilan mashg‘ulot o‘tkazish haqiqiy sharafdir", - deya Dokuning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Kiritildi: 08:45, 30.12.2024.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик