Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Yevrofutbol ham «oppoq» emas...

Yevrofutbol ham «oppoq» emas...

Baho:
+ | -

Gazetamizning avvalgi sonida «PSM Makassar» Indoneziya chempionati 16-turidan o‘rin olgan «Barito Pu­ter»ga qarshi o‘yin oxirida 3:2 hisobini saqlab qolish ilinjidami, zaxiradan 12-futbolchini maydonga tushirgani, ammo bu ayyorligi keyinchalik fosh bo‘lgani haqida yozgan edik.

Bu holat Osiyo futboli obro‘siga katta minus, albatta. Lekin bunaqasi professionalligi bilan maqtanadigan yevrofutbolda ham kuzatilgan. Boz ustiga, Malta yoki Farer orollari chempionatida emas, Bundesligada. Yana uzoq o‘tmish emas, yaqindagina...

Tushunarliki, umumtushuncha bo‘yicha Indoneziya chempionati professional futbolning eng yaxshi namunasi emas. Lekin shunga o‘xshash voqea Yevropada birinchi qatorlarda zikr etiladigan Bundesligada, boz ustiga, nisbatan 2 yilcha oldin sodir bo‘lganiga nima deysiz? Odamning ishongisi ham kelmaydi - «Bavariya» voqea markazida! Ha, 2022 yilning aprel oyida Myunxen jamoasining Bundesligadan o‘rin olgan «Frayburg»ga qarshi o‘yinida katta «qovun» tushgandi. Tafsilotlarga to‘xtalsak, «Bavariya»ning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 85-daqiqada Kingsli Koman va Korentin Tolisso o‘rniga zaxiradan Marsel Zabitser va Niklas Zyuleni maydonga tushiradi. Shu tariqa o‘yin davom etadi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay, hakam Koman hamon maydonda ekanligini payqab qoladi. Fransiyalik futbolchi yuzaga kelgan janjal shovqini ostida darhol chetga chiqib ketadi. Lekin fakt shuki, «Bavariya» 16 soniya davomida maydonda 12 kishi bo‘lib qolgandi.

Bunday «qovun» sababi ham tezda aniqlanadi - «Bavariya» vakili adashib, zaxira hakamiga 29-raqamli futbolchi maydondan chiqib ketishi kerakligini bildirgan ekan. Ammo tarkibda bunday raqamli futbolchi yo‘q edi. Koman esa «11» ostida o‘ynayotgandi. Garchi bu adashmovchilik hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lsada, kichik janjal kuzatiladi, baribir. To‘g‘ri, bu vaqtda 1:4 hisobida yutqazib turgan «Frayburg» uncha g‘azablanmaydi va texnik g‘alaba talab qilmaydi. Lekin Bundesligaga apellyasiya beradi, faqat xatoni «ko‘rsatib qo‘yish» uchun. Yakunda «Bavariya» jazolanmaydi - rasmiylar myunxenliklar g‘arazli niyat emas, balki e’tiborsizlik (jumladan, zaxira hakami beparvoligi qayd etiladi) oqibatida adashishganini ma’lum qilishadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:47, 11.01.2025.
O'qildi: 1763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.