Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

«Barselona» «Real»ni tor-mor etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

«Barselona» «Real»ni tor-mor etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi yakunlandi. Sovrin uchun Madridning «Real» va Kataloniyaning «Barselona» jamoalari o‘zaro maydonga chiqishdi.

O‘yin Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Qirol Abdulloh Sports Siti» neytral maydonida o‘tkazildi. Uchrashuvga Xesus Xil Mansano boshchiligidagi hakamlar brigadasi xizmat qildi. «Barselona» «Real»ni 5:2 hisobida tor-mor etdi.  

Uchrashuvning beshinchi daqiqasida «Real» hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi, unga Vinisius Junior assistentlik qildi. «Barselona»ning javob golini 22-daqiqada Lamin Yamal urdi, unga Robert Levandovski pas berdi.

36-daqiqada Kamavinga o‘z jarima maydoni ichida qoidabuzarlik ishlatgani uchun hakam VAR yordamida "Real" darvozasiga penalti belgiladi. Levandovski penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Rafinya bosh bilan zarba berib, «ko‘k-anorranglilar»ning ustunligini oshirdi. 45+10-daqiqada kataloniyaliklar qarshi hujumda raqibni yana bir marta jazolashdi:  himoyachi Aleks Balde hisobni yanada oshirdi — 1:4.

48-daqiqada Rafinya uchrashuvda dubl qayd etdi. 57-daqiqada «Barselona» darvozaboni Voysex Shensni qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Ushbu vaziyat uchun belgilangan jarima zarbasini Rodrigo golga aylantirdi — 2:5.

"Madrid" yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, qolgan daqiqalarda raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

«Barselona» Ispaniya Superkubogi tarixida eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan jamoa hisoblanadi. «Ko‘k-anorranglilar» 14-marta Superkubokka ega chiqishdi. Ikkinchi o‘rinda «Real» – 12 marta.

Ispaniya superkubogi, final.
Real Madrid – Barselona 2:5 (1:4, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Mbappe, 1:1 – 22 Yamal, 1:2 – 36, penalti Levandovski, 1:3 – 39 Rafinya, 1:4 – 45+10 Balde, 1:5 – 48 Rafinya, 2:5 – 60 Rodrigo.
Real Madrid – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 75), Ryudiger, Tchuameni (Modrich, 64), Vaskes (Asensio, 52), Kamavinga (Sebalyos, 46), Valverde, Bellingem, Vinisius Junior (Braim Dias, 76), Rodrigo, Mbappe.
Barselona – Shchensni, Balde, Martines (Arauxo, 28), Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Gavi (Penya, 59), Rafinya (Ferran Torres, 79), Levandovski, Yamal (Olmo, 59).
Ogohlantirishlar: Kamavinga (35), Martines (45+8), Ryudiger (53), Vinisius Junior (55), Tchuameni (62), Asensio (77), Levandovski (77), Arauxo (87), Rafinya (89).
Chetlatish: Shchensni (56).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:14, 13.01.2025.
O'qildi: 4401 marta.
Fikrlar: 98 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик