Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Barselona" Ter Shtegenning o‘rnini bosa oladigan ikki darvozabonni kuzatib bormoqda

"Barselona" Ter Shtegenning o‘rnini bosa oladigan ikki darvozabonni kuzatib bormoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" kelajakda Mark-Andre ter Shtegenning o‘rnini bosa oladigan ikki darvozabonni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

El Nacional xabariga ko‘ra, Kataloniya grandi darvozabonlik uchun "Portu"dan 25 yoshli Diogu Koshta va uning tengdoshi "Nissa"dan Martin Bulkani ko‘rib chiqmoqda.

"Barsa" rahbariyati yaqin kelajakda darvozabon pozisiyasi bo‘yicha bir qarorga kelishi kutilmoqda, chunki Mark-Andre ter Shtegenning jiddiy jarohatini inobatga olgan holda jamoadagi bu rol kelajak uchun barqarorlikni talab qiladi.

Hozirda "Barselona"ning asosiy darvozaboni 25 yoshli Inyaki Penya bo‘lib qolmoqda, u joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 20ta o‘yin o‘tkazgan va oltita o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 16:51, 15.01.2025.
O'qildi: 2470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик