Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Dildora Nozimova: "Xudo xohlasa, O‘zbekistonga ikkinchi o‘rin bilan qaytamiz"

Dildora Nozimova: "Xudo xohlasa, O‘zbekistonga ikkinchi o‘rin bilan qaytamiz"

Baho:
+ | -

CAFA musobaqasi to‘rtinchi kun bahslari doirasida terma jamoamiz mezbon Tojikistonga qarshi kurash olib bordi.

O‘zbekistonning yirik g‘alaba qozonishiga nafaqat gollari, balki faolligi bilan ham katta hissa qo‘shgan Dildora Nozimova uchrashuvning "Eng yaxshi o‘yinchisi" deb topildi.

Bellashuvdan keyin biz Dildora Nozimovaning tassurotlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor, assalomu alaykum. Biz CAFA musobaqasiga chempionlikni ko‘zlab, tayyorgarlik ko‘rgandik. Biroq Eronga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Birinchi bo‘limda teng kurash kechdi va hisob 1:0 edi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida ketma-ket o‘tkazib yuborilgan gollardan so‘ng, o‘yinga qaytish qiyin bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchib, 2-o‘rinni olmoqchimiz. Xudo xohlasa, O‘zbekistonimizga 2-o‘rin bilan qaytamiz.

Tojikistonga qarshi bahsga kelsak, raqib bizga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Ular o‘yinimizni o‘rganib chiqqan. Raqib yaxshi qarshilik ko‘rsatdi, lekin biz imkoniyatlarimizni ishga solib, g‘alaba qozondik. Keyingi uchrashuv ham biz uchun muhim va unga ham yaxshi tayyorlanib, albatta, g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Bizni qo‘llab-quvvatlashayotgani, ishonch bildirishgani uchun butun xalqimizga kattakon rahmat aytmoqchiman".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi oxirgi turda, ertaga, Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:07, 15.02.2025.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик