Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

“Chessable Masters” turnirida Nodirbek Abdusattorov “NAVI” sharafini himoya qilmoqda

“Chessable Masters” turnirida Nodirbek Abdusattorov “NAVI” sharafini himoya qilmoqda

Baho:
+ | -

“NAVI” kibersport klubi uch nafar shaxmatchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov, AQSH vakili Uesli So va ukrainalik Aleksandr Bortnik bir yil mobaynida kibersport yo‘nalishida o‘tkaziladigan shaxmat musobaqalarida ushbu klub sharafini himoya qiladi.

Bugun, 17 fevral kuni kibersportning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha boshlanadigan “Chessable Masters” onlayn turnirida ular ushbu klub nomidan qatnashadi.

Kecha mukofot jamg‘armasi 150 ming AQSH dollaridan iborat onlayn turnirning dastlabki saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Unda dunyoning 115 nafar shaxmatchisi qatorida hamyurtlarimiz Muhammadzohid Suyarov, Ulug‘bek Tillayev, Afruza Hamdamova, Almas Rahmatullayev, Saidakbar Saidaliyev 9 turdan iborat saralash musobaqalarida ishtirok etdi.

Hamyurtlarimizdan eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan Muhammadzohid Suyarov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib 3-o‘rinni, Ulug‘bek Tillayev 6,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 5-o‘rinni, Almas Rahmtullayev 6,5 ochko bilan 7-o‘rinni egalladi.

Aytish lozim, saralashda eng yaxshi natijaga erishgan 3 nafar shaxmatchi turli klublardan taklif etilgan shaxmatchilar bilan asosiy sovrin jamg‘armasi yo‘lidagi bahsni davom ettiradi.

21 fevralga qadar o‘tadigan ilk turnirda va joriy yilning 18-23 may kunlari o‘tadigan 2-turnirda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 12 nafar shaxmatchi 31 iyul-3 avgust kunlari Ar-Riyodda o‘tkaziladigan "Esports World Cup" ya’ni, kibersport bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 11:29, 17.02.2025.
O'qildi: 847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик