Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. "Paxtakor" - "Al-Hilol"

Prevyu. "Paxtakor" - "Al-Hilol"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Elit Chempionlar Ligasi nimchorak finalida 4 mart kuni Osiyoning eng kuchli klublaridan biri "Al-Hilol"ga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.

Toshkentliklardan Sardor Sobirxo‘jayev diskvalifikasiya sababli bellashuvni o‘tkazib yuboradi.

"Al-Hilol"ni hozirda portugaliyalik mutaxassis Jorze Jezush boshqarmoqda. Riyodliklar Saudiya Arabistoni chempionatida 19 bor, mamlakat ichki kuboklarida 37 marta, Chempionlar Ligasida 4 bor zafar quchishgan.

Jamoalar ayni paytga qadar 8 marta to‘qnash kelishgan. Ulardan 5tasida "Hilol" zafar quchgan bo‘lsa, 3 bellashuv durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" o‘zaro o‘yinlarda 5 to‘p kiritgan bo‘lsa, raqib 15 bor gol urgan. Igor Sergeev ikki bor Riyod jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.

"Paxtakor" hamda "Al-Hilol" Osiyo Chempionlar Ligasida eng ko‘p marta qatnashgan klublar hisoblanadi - 19tadan.

"Hilol" tarkibida Bono, Kulibali, Kanselu, Milinkovich-Savich, Nevesh, Malkom, Salim Davsari, Mitrovich singari yulduzlar harakat qilishmoqda.

"Paxtakor" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi nimchorak final bahsi 4 mart, seshanba kuni "Jar" stadionida 21:00da boshlanadi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:40, 03.03.2025.
O'qildi: 3218 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик