Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsumni g‘alaba bilan boshlash juda ham yoqimli»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Mavsumni g‘alaba bilan boshlash juda ham yoqimli»

Baho:
+ | -

"Nasaf" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va sport jurnalistlari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ro‘ziqul Sa’dullayevich kirish qismini quyidagi gaplar bilan boshladi:

— Avvalo tabriklar uchun hammaga rahmat! Mavsumni g‘alaba bilan boshlash yoqimli. Ayrim vaziyatlarni aytmaganda, raqib futbolchilariga darvozamiz tomon hujum qilishlariga imkon bermadik. "So‘g‘diyona" jamoasi to‘p bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi, shu bois ularni yaxshi o‘rganib chiqib, futbolchilarini to‘psiz qoldirishga harakat qildik. Bizda ham hujumda goldan avval va keyin ko‘pgina xavfli vaziyatlar bo‘ldi, lekin ularni golga aylantira olmadik. Agar shu hujumlarni golga aylantirganimizda yanayam ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lardik. Ammo mavsum boshlanishida g‘alabaga erishib, 3 ochko olish bu judayam yaxshi.

— Ro‘ziqul Sa’dullayevich, yangi kelgan futbolchilar haqida fikringizni bilsak.
— Bilasizmi, aslida jamoamizga kelib qo‘shilgan futbolchilarni hammasini yangi kelib qo‘shilgan deb bo‘lmaydi. Chunki Cheran, Eshmurodov, Nurulloyev va Norchayev avval ham jamoamizda to‘p tepishgan, ularning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Hebay va Vorobeyni esa mavsum davomida kuzatamiz. Jamoamizga ularning foydasi tegadi degan umiddamiz.

— Nasrullayevning jarohati haqida nima deya olasiz?
— Nasrullayevda o‘zi o‘yindan avval ham kichik jarohat bor edi, biroq u jamoaga yordam berishni istadi va maydonga tushdi. Ammo o‘sha to‘qnashuvda u jarohatini yangilab oldi va zaxiraga olindi. Tiklanib olishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. U bizning judayam muhim o‘yinchimiz edi, jarohatidan keyin biroz rejalarimiz o‘zgarib ketdi va Bozorovning o‘yinida ham biroz pasayish bo‘ldi.

— Jamoaga legioner darvozabon taklif qilinishidan maqsad nima?
— Bizda aslida darvozabon taklif qilish rejasi yo‘q edi. Ammo Umid Ergashevning kutilmaganda jamoadan ketish istagini bilganimizdan keyin shunga majbur bo‘ldik.

— Bobur Abduxoliqovning boshqa klubga o‘tib ketishi bizni ajablantirdi. Uning qolishi haqida ma’lumotlar chiqib turganda u to‘satdan boshqa jamoaga o‘tib ketdi. Aslida avvallari Cheran va Bobur tandemi ko‘pgina hollarda o‘zini oqlagandi.

— Bobur Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Balki endi Ozarboyjon chempionligini ham qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgandirda (kuladi). U ham boshqa jamoa bilan shartnoma qilgach, biz jamoamizga Husaynni taklif qildik. O‘ylaymanki, hozirgi hujumchilarimiz ham raqib himoyachilariga yetarlicha xavf tug‘dira olishadi. Boburga esa omad tilayman!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:04, 10.03.2025.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик