Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Elit OCHL. “Paxtakor” futbolchilarning o‘yini qanday baholandi?

Elit OCHL. “Paxtakor” futbolchilarning o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi “Al-Hilol” - “Paxtakor” uchrashuvi 11 mart, seshanba kuni Riyoddagi “Kingdom Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi gollarga Al-YAmiy, Malkom, Ad-Dovsariy va Nosir ad-Dovsariy kabi futbolchilar mualliflik qilishdi. Sofascore portali o‘yindan keyin futbolchilarning maydondagi harakatini baholadi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida ikkita assist muallifi bo‘lgan Muhammad Kanno deb topildi — 8,7 ball. Maydonda 90 daqiqa harakat qilgan yarim himoyachi bir qancha vaziyatlarda jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi va ikki goliga hammualliflik qildi. “Al-Hilol” safida eng yomon harakat qilgan futbolchi esa Markos Leonardo bo‘ldi — 7,1 ball.

“Paxtakor” safida eng yaxshi o‘yin o‘tkazgan futbolchi darvozabon Jonatan bo‘ldi. Braziliyalik posbon 4 ta gol o‘tkazgan bo‘lsa-da, 5 marta seyv amalga oshirib, hisobni bundan ham yiriklashib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Portal darvozabonning harakatlarini 7,5 ball bilan baholadi.

67 daqiqa maydonda harakat qilgan Diyor Xolmatov esa “sherlar” tarkibidagi ikkinchi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi — 6,5 ball. Yarim himoyachi maydonda harakat qilgan vaqti davomida 32 marta to‘pga tegingan. 18 marta sheriklariga pas bergan bo‘lsa, shulardan 15 tasi manzilga aniq yetib borgan. Futbolchi yerdagi 7 ta kurashning 3 martasida yutib chiqqan. Xolmatov 67 daqiqa davomida 1 marta raqib darvozasi tomon xavfli zarba berishni uddaladi.

Abdurauf Bo‘riyev, Abdulla Abdullayev, Jonatan Lukka kabi futbolchilar Sofascore tomonidan 6,4 ballga loyiq ko‘rildi. "Jar"da kechgan bahsda yagona gol muallifiga aylangan Flamarion esa “Paxtakor” safidagi eng yomon harakat qilgan futbolchi bo‘ldi — 5,9 ball.



Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan keyin “Al-Hilol” chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Paxtakor esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqa bilan xayrlashdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:21, 12.03.2025.
O'qildi: 2129 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.