Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

"Tottenxem" hujumchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

"Tottenxem" hujumchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

Jurnalist Rudi Galettining so‘zlariga ko‘ra, "shporlar" hujumchi Timo Vernerni sotib olish variantini faollashtirmaslikka qaror qilgan, shuning uchun u ijara muddati tugaganidan keyin "Leypsig"ga qaytadi, biroq u nemis klubining kelgusi mavsumdagi rejalarida ham yo‘q. Ular allaqachon sotish ustida ishlamoqda, chunki uning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda Red Bullda global futbol bo‘limi rahbari Yurgen Klopp futbolchiga yechim topishga yordam berishi mumkin. Klopp "RB Leypsig", "Nyu-York Red Bullz", "Red Bull Zalsburg" va boshqa klublarning transfer siyosati uchun javobgardir.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, Vernerga MLSning bir nechta klublari, jumladan, "Nyu-York Red Bullz" ham qiziqish bildirmoqda. Bu uning bir Red Bull klubidan boshqasiga o‘tishi mumkinligini anglatadi.

Qo‘shimcha qilamizki, 29 yoshli nemis o‘tgan yilning yanvar oyida "Tottenxem"ga ijara asosida o‘tgan, yozda esa klub uni yana bir mavsumga ijaraga olgandi. Ushbu kampaniya boshlangandan beri Verner "Tottenxem" uchun barcha musobaqalarda 945 daqiqada 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:16, 14.03.2025.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик