Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Maurisio Pochettino nega AQSH terma jamoasini qabul qilganini tushuntirdi

Maurisio Pochettino nega AQSH terma jamoasini qabul qilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» va «Tottenxem» jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nega AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini qabul qilganini tushuntirib berdi.  

«Ehtimol, odamlar bu qarorimni tushunishda qiyinchilikka duch kelar. Menimcha, biz kabi murabbiylar shtabi uchun uzoq yillik klub faoliyatidan so‘ng o‘zimizga yangi chaqiriq tashlash, o‘zgacha ish tizimida o‘zimizni ochib berish uchun ajoyib imkoniyat edi. Shuning uchun biz bu taklifga e’tibor qaratdik va taklif kelganda, "ha" deyish oson bo‘ldi».

«Menimcha, jahon chempionatiga mezbonlik qilish – bu ajoyib tajriba. Ayniqsa, gap AQSH haqida ketayotgan bo‘lsa, bu juda hayratlanarli. Hozir juda ko‘p ijobiy narsalar ro‘y bermoqda, va, albatta, men bu ishni qabul qilishimning asosiy sabablaridan biri jahon chempionatining juda yaqin qolganidir. Mundialda ishtirok etish uchun to‘rt yil kutish shart emas, atigi ikki yildan kam vaqt qoldi».  

«Men juda hayajondaman, chunki qaror to‘g‘ri bo‘ldi, men katta zavq olmoqdaman va har kuni o‘zim uchun yangi narsalarni kashf qilish, turli hissiyotlarni boshdan kechirish juda qiziqarli. Bu oldingi ishlarimdan butunlay boshqacha. Bu bir siri ochilmagan dunyo kabi, lekin biz bu vaziyatdan juda-juda zavq olmoqdamiz», – deb Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:32, 18.03.2025.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик