Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Potter jamoadan ketadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi

Potter jamoadan ketadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi

Baho:
+ | -

"Vest Xem" bosh murabbiyi Grem Potter kelasi yozda qo‘yib yubormoqchi bo‘lgan bir qancha futbolchilarni aniqlab oldi.

O‘tgan yozda "Vest Xem" katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi, ammo shundan so‘ng menejerini o‘zgartirdi, Xulen Lopetegining o‘rniga Potterni olib keldi va texnik direktori Tim Shtaydtenni iste’foga chiqardi. Biroq, Potter kelguncha sotib olingan futbolchilarning aksariyati uning rejalariga kiritilmaydi.

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, "Vest Xem" yozda Konstantinos Mavropanos, Emerson Palmeri, Gvido Rodriges va Niklas Fyullkrug bo‘yicha takliflarni qabul qiladi. Hujumchi Danni Ings Potterga yoqmaydi va uning mavsum oxirida tugaydigan shartnomasi uzaytirilmaydi.

Shuningdek, "Vest Xem" hozirda "bolg‘achilar" safida ijara asosida o‘ynayotgan Karlos Soler va Evan Fergyusonni sotib olishni rejalashtirmayapti.

Kiritildi: 23:17, 19.03.2025.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик