Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

"Yuventus" 30 iyulga qadar Tudor bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin

"Yuventus" 30 iyulga qadar Tudor bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin

Baho:
+ | -

"Yuventus" 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng Igor Tudor bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.

Oldinroq Turin klubi Tyago Motta o‘rniga xorvatiyalik mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Tudorning "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi, agar klub joriy mavsum oxirida Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, uni bir yilga uzaytirish mumkin. Shu bilan birga, klub 30 iyulga qadar tovon to‘lamasdan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega - shu tariqa, Tudor klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida "Yuventus"ni boshqaradi, ammo u keyingi mavsum uchun hech qanday kafolatga ega emas.

Qayd etilishicha, Tudor klub vaqtinchalik murabbiy izlayotganini bilib, "Yuventus"ni boshqarishga rozi bo‘lgan, biroq xorvatiyalik murabbiy rahbariyatning ishonchini qozonib, mavsum oxirigacha shartnomani uzaytirishga erisha olishiga ishonmoqda. Shu bilan birga, OAV xabarlariga ko‘ra, bu shartlar Motta o‘rniga nomzodlar qatoridan o‘rin olgan Roberto Manchiniga ham mos kelmagan.

Kiritildi: 22:49, 23.03.2025.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.