Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

BAA bilan o‘yinni qaysi futbolchimiz kartochkalari sabab o‘tkazib yuboradi?

BAA bilan o‘yinni qaysi futbolchimiz kartochkalari sabab o‘tkazib yuboradi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun katta qadam tashladi. Temur Kapadze boshchiligidagi jamoani endi BAA hamda Qatarga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Hozircha optimal bo‘lib turgan tarkibimizda qaysi futbolchilarimiz kartochkalar tufayli yuqoridagi o‘yinlardan birini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqidagi fikrlar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Eronga qarshi bahsda birorta ham o‘yinchimiz ogohlantirish olmagani uchun Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi uchrashuv oldidan bizda diskvalifikasiya holati kuzatilmaydi.

Ushbu musobaqa qoidalariga ko‘ra, sariq kartochkalari ikkitaga yetgan (uchrashuvlarning ketma-ket bo‘lishining ahamiyati yo‘q) futbolchi navbatdagi bahsni o‘tkazib yuborishi belgilangan. Ushbu saralash bosqichida avval oshohlantirilgan vakillarimizdan kimdir 5 iyun kuni sariq kartochka oladigan bo‘lsa, ushbu o‘yinchi Qatar bilan bellashuvda milliy jamoamizga yordam bera olmaydi.

Demak, BAA bilan o‘yinda ehtiyot bo‘lib harakatlanishi kerak bo‘lgan futbolchilarmiz quyidagilar:

Bobir Abduxoliqov, Abbos Fayzullayev, Ruslan Jiyanov, Sherzod Nasrullayev, Farrux Sayfiyev, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov.

Ma’lumot uchun, Amirliklar jamoasining ikki futbolchisi KXDR bilan o‘yinda ogohlantirish oldi – Abdulla Ramazon va Yahyo Nadyer, biroq ularning ikkalasi ham sariq kartochkalarni ilk bor olgani uchun bizning o‘yinga diskvalifikasiya qilinmaydi.

Manba: Алишер Никимбаев
Kiritildi: 09:05, 28.03.2025.
O'qildi: 2311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.