Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laporta: "Raqiblar bizni maydonda mag‘lub eta olmaydi"

Laporta: "Raqiblar bizni maydonda mag‘lub eta olmaydi"

Baho:
+6 | -

Chorshanba kuni Ispaniya La Ligasi "Barselona"ning moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarini oshkor qildi.

VIP o‘rindiqlarni sotish bo‘yicha 100 million yevrolik kelishuv moliyaviy hisobot uchun tasdiqlanmagani avvalroq ma’lum qilingandi.

Natijada kataloniyaliklar avvalroq mavsumning ikkinchi qismi uchun vaqtinchalik transferlari e’lon qilingan Dani Olmo va Pau Viktordan ayrilishi mumkin.

Ayni paytda, "Barselona" prezidenti Joan Laporta ushbu vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

"Ular bizni maydonda mag‘lub eta olmaydi, shuning uchun bizni ofislarda urishga urinishadi. Prezident sifatida men bunga yo‘l qo‘ymayman.

Ba’zida bu tasodif emasligini his qilaman.

La Liga bayonoti "Atletiko"ga qarshi yirik o‘yinimiz oldidan yangragan. Ular bizni beqarorlashtirishga harakat qilishyapti, men bunga toqat qilmayman!" - dedi Laporta jurnalistlarga.

Kiritildi: 19:33, 02.04.2025.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик