Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya kubogi tarixidagi ilk g‘olib jamoani bilasizmi?

Ispaniya kubogi tarixidagi ilk g‘olib jamoani bilasizmi?

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi joriy mavsum Ispaniya Kubogining yarim finalida "Real Sosyedad"ni qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub etib, finalga chiqdi. Ikki uchrashuvdan keyin umumiy hisob 5:4.

Finalda "Real" "Barselona" - "Atletiko" juftligining eng kuchli jamoasi bilan o‘ynaydi.

Ispaniyaning mashhur Marca nashri futbol bo‘yicha ilk bor Ispaniya kubogini "Real", "Barselona" va hatto "Atletiko" ham qo‘lga kiritmaganini eslatdi.

Tarixda ilk bor Ispaniya kubogi finali 1903 yil 8 aprelda Madridda "Real" va "Atletik" (Bilbao) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. "Atletik" 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Shu tariqa aynan "Atletik" tarixidagi ilk Ispaniya kubogi g‘olibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" 2025 yilda 41 marta Ispaniya kubogi finalida o‘ynaydi. Bungacha "Real" Ispaniya kubogi finalida 20 marta g‘alaba qozongan va 20 marta mag‘lub bo‘lgan edi.

"Barselona" Ispaniya kubogi finalida eng ko‘p g‘alaba qozongan va 31 marta kubokni qo‘lga kiritgan.

Aytib o‘tganimizdek, tarixda ilk bor Ispaniya kubogi g‘olibiga aylangan "Atletik" bu sovrinni 24 marta qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 22:04, 02.04.2025.
O'qildi: 3726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик