Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shesni "Barselona" o‘yinidan zavq olmoqda

Shesni "Barselona" o‘yinidan zavq olmoqda

Baho:
+2 | -

"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni jamoasining o‘yinidan olgan zavqi bilan o‘rtoqlashdi.

34 yoshli polyakning tan olishicha, Xans-Diter Flikning "Barsa"si u darvozasini himoya qilgan jamoalar orasida eng chiroyli futbol namoyish etmoqda.

"Shubhasiz, shunday. Yana shuni aytishim mumkinki, bu men eng ko‘p zavq olayotgan jamoam. Men bu yerda 19 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham mag‘lubiyatga uchramadim," - deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Voysex Shesni o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Yuqorida tilga olingan 19 ta o‘yinda u 17 ta gol o‘tkazib yubordi va o‘n marta darvozani daxlsiz saqlab qoldi.

Kiritildi: 08:01, 04.04.2025.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик