Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

De Bryuyne jamoa bilan xayrlashdi

De Bryuyne jamoa bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -2

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"ni tark etishi haqida emosional bayonot berdi. U joriy mavsum oxirida "shaharliklar"ni tark etadi.

“Hurmatli Manchester!

Bu xatni ko‘rganingizdan so‘ng, bu qayerga ketayotganini tushungan bo‘lsangiz kerak. Shuning uchun men gapni qisqartiraman va barchangizga shuni aytib o‘tamanki, bu mening "Manchester Siti" futbolchisi sifatidagi so‘nggi oylarim bo‘ladi.

Bu haqda yozish oson emas, lekin futbolchi sifatida o‘sha kun ertami-kechmi kelishini hammamiz bilamiz. Kun keldi va siz birinchi navbatda mendan eshitishga loyiqsiz.

Futbol meni barchangizga va shu shaharga olib keldi. Bu davr hayotimni o‘zgartirishini bilmagan holda orzum ortidan ketayotgandim. Bu shahar. Bu klub. Bu odamlar... menga HAMMA narsani berdi.

Xohlaymizmi yoki yo‘qmi, xayrlashish vaqti keldi. Manchester farzandlarimning pasportlarida, eng muhimi, har bir oila a’zoyimning qalbida abadiy qoladi. Bu har doim bizning uyimiz bo‘ladi. Ushbu o‘n yillik sarguzasht uchun shahar, klub, xodimlar, jamoadoshlar, do‘stlar va oila a’zolariga yetarlicha minnatdorchilik bildira olmaymiz.

Ammo har bir hikoyaning oxiri bor. Bu eng yaxshi bo‘lim edi. Keling, so‘nggi daqiqalarni birga o‘tkazaylik!

Katta muhabbat bilan, sizning Keviningiz”, - deb yozdi De Bryuyne ijtimoiy tarmoqlarida.

Kiritildi: 16:30, 04.04.2025.
O'qildi: 3626 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик