Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

"Borussiya" sardori "Barselona"ni qarshi o‘yindan keyin jamoadoshlarini tanqid qildi

"Borussiya" sardori "Barselona"ni qarshi o‘yindan keyin jamoadoshlarini tanqid qildi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi sardori Emre Jan Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadoshlariga qattiq norozilik bildirdi.

1/4 finalning ilk o‘yinida 4:0 hisobida g‘alaba qozongan kataloniyaliklarga "Borussiya" qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘yindan so‘ng Jan nemis klubi futbolchilarining harakatlaridan noroziligini bildirdi. U muammo o‘yin taktikasida emas, balki futbolchilarning o‘z ishiga munosabatida ekanligini tushuntirdi.

"Gap tizimda emas, aksincha, hamma 100 foiz o‘z kuchlarini berishga va bu o‘yinlarda zarur bo‘lgan qurbonliklarni qilishga tayyormas. Juda ko‘p narsa noto‘g‘ri ketdi. Bugun yaxshi o‘ynamadik. Biz yumshoq edik. Yetarlicha birlasha olmadik. Buning ustiga, oddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Bu darajada bunday xatolar qattiq jazolanadi. Shuning uchun bugun biz jazolandik. Biz "Barselona"ning ajoyib jamoasiga qarshi o‘ynadik, unda yaxshi futbolchilar borligi aniq. Shunday ekan, ularni mag‘lub etishning yagona yo‘li – maydonga jamoa bo‘lib chiqish, ammo biz buni qila olmadik" - dedi Jan.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘lim davomida “Borussiya” o‘zining sobiq hujumchisi Robert Levandovskidan ikkita gol o‘tkazib yubordi. Bu dubl hujumchiga Chempionlar ligasida tarixiy muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi.

Kiritildi: 13:56, 10.04.2025.
O'qildi: 1829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.