Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Flik «el-klasiko» oldidan fikr bildirdi

Flik «el-klasiko» oldidan fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 2024/25 yilgi mavsum Ispaniya Kubogi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kataloniyaliklar hal qiluvchi bahsda Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 26 aprel kuni Sevilyada bo‘lib o‘tadi.

— “Real”dan bir kun kam dam olishimiz yaxshimi? Bo‘lishi ham mumkin, bo‘lmasligi ham. Biz ham ko‘p o‘yinlarni shunday sharoitda o‘tkazganmiz, — dedi Flik "AS" nashriga bergan intervyusida. — “Real”da ajoyib jamoa bor va ularning murabbiyi dunyodagi eng yaxshilardan biri. Anchelotti — haqiqiy jentlmen, men uni cheksiz hurmat qilaman. Shanba kuni biz Karloning jamoasiga qarshi o‘ynaymiz, va men bu o‘yinni katta zavq bilan kuzataman — u ajoyib mutaxassis.

Nemis murabbiyi “Barsa” va “Real” o‘rtasidagi raqobat darajasini ham ta’kidladi:

— “Barselona” va “Real” — buyuk jamoalar. Shu boisdan ham sovrinlar ular o‘rtasida hal bo‘lishi tabiiy. Biz ularga qarshi yana ikki uchrashuv o‘tkazamiz. Kubok va chempionlikni qo‘lga kiritishni istaymiz. Buning uchun “Real”ni mag‘lub etishimiz kerak, va bunga to‘liq e’tibor qaratish lozim. Bu oson bo‘lmaydi, lekin biz tayyormiz.

La Liganing 33 turidan so‘ng “Barselona” 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa yetti ochkoga orqada, ammo ularda bir o‘yin zaxirada qolgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:12, 23.04.2025.
O'qildi: 6546 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик