Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kompani: "Bavariya" bazmga emas, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda"

Kompani: "Bavariya" bazmga emas, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda"

Baho:
+ | -

Vensan Kompani "Bavariya" ziyofatga emas, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishi kerakligini aytdi.

Myunxen klubi "Leypsig" ustidan g‘alaba qozonsa, bu mavsumda Bundesliga chempioni bo‘lishi mumkin.

"Biz g‘alaba qozonib, chempion bo‘lishni istaymiz. Bu zo‘r bo‘lardi. Bu final. Umid qilamanki, biz buni qilamiz. O‘yinga odatdagidek tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Men bayram qilishga emas, balki o‘yinga tayyorlanyapman.

Raqibda iqtidor va sifat yetarli, yaxshi yosh futbolchilar ko‘p. Ular o‘tgan turda "Ayntraxt"ga yutqazishgandi. Shuning uchun ular to‘liq kuch bilan o‘ynashadi, hujum qilishadi, deb o‘ylayman.

Jamoalar "Bavariya"ga qarshi keskin qarorlar qabul qilmoqda. O‘ylaymanki, "Leypsig" raqib sifatida o‘zining eng yaxshi variantini ko‘rsatadi. Bu og‘ir bo‘ladi.

Biz bazmga emas, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak," - dedi "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani.

Kiritildi: 18:34, 02.05.2025.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик