Portugaliyalik mutaxassis Jorje Jezush rasman Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Jamoaning vaqtinchalik murabbiyi etib Muhammad al-SHalhub tayinlandi, u portugaliyalikning yordamchisi edi.
Jezush 2023 yildan beri "Al-Hilol"ni boshqarib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda jamoa Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi va Qirol kubogi sohibiga aylandi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida "Al-Hilol" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 29 uchrashuvda 62 ochko bor.













